Fazliy Namangoniy (Abdulkarim)
Biography
Fazliy Namangoniy — taxallusi Fazliy, asl ismi Abdulkarim (XVIII asrning 2-yarmi – XIX asrning 1-yarmi, Namangan) — shoir va adabiyotshunos. XIX asr boshlarida To'raqo'rg'on va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillarida (1810–1822) Qo'qonga kelgan; she'riy iste'dodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo'lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig'i — “Malik ush-shuaro” nomini olgan. Umarxonning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari va hukmronligi davridagi voqealarni “Umarnoma” dostonida tasvirlagan. Xon topshirig'iga ko'ra, Fazliy “Majmuai shoiron” (“Shoirlar majmuasi”, 1821) tazkirasini tuzgan. O'zbek adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she'riy yo'l bilan yaratilgan mazkur tazkirada XIX asr boshlari Qo'qon adabiy muhitining 100 dan ortiq vakili haqida qimmatli ma'lumotlar va asarlaridan namunalar mavjud; shu jumladan, unda Fazliyning qasida va g'azallari, shoira Mahzuna bilan mushoirasi ham bor. Fazliyning “Devon” tuzgani ma'lum, ammo u topilmagan. Uning o'zbek va tojik tillarida yozilgan g'azal, masnaviy, muhammas, ruboiy va tuyuqlari turli majmua va bayozlarda uchraydi. “Majmuai shoiron” tazkirasi XIX asr va XX asr boshlarida qo'lyozma va toshbosma nusxalarda keng tarqalgan, asar adabiyot ahli orasida katta shuhrat topgan; uning mukammal qo'lyozma nusxalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Fazliy Umarxon vafotidan so'ng (1822) Namanganga ketgan va o'sha yerda vafot etgan.
Excerpt
— G'azaldanThis excerpt has been translated into more languages than the site itself
Я склонил голову перед любовью — я бедный, обездоленный странник; она непременно отыщет меня, скитающегося на её пути. Не знающий скажет: «Вот Меджнун» — я безумен от любви к ней, и, ища сказание о её красоте, держу путь на запад.
Bosh egdim muhabbatga, men g'arib bechoraman, Topgaydir meni albat yo'lida ovoraman. Bilmagan der ul Majnun, ishqida devonaman, Izlab husniga doston mag'ribga ravonaman.
Works
- “Majmuai shoiron” (1821, tazkira)
- “Umarnoma” (doston)
- G'azal, masnaviy, muhammas, ruboiy va tuyuqlar