G'oziy
Biography
G'oziy XVIII asrning o'rtalarida Qo'qonda tavallud topgan. Yoshligidan “G'oziy” taxallusi ostida o'zbek va tojik tillarida ijod qilishni boshlagan va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Qo'qondagi Madrasai Mirda mudarris bo'lib dars bergan, shahar muftiysi bo'lgan. U Akmal Xo'qandiyning yaqin do'sti bo'lib, Fuzuliyni o'ziga ustoz bilgan. G'oziy 1818-yilda Qo'qonda vafot etgan. She'rlarining mazmuni bilan ham, dunyoga va atrof-muhitga munosabatini ko'rsatishda, badiiy san'atlardan foydalanishda ham Fuzuliy yo'lini, uslubini qo'llagan; uning g'azallariga muxammaslar bog'lagan. Ko'proq lirik g'azallar va ta'rix-she'rlar yozgan, devon tuzgan. Lirik she'rlarida inson qalbining kechinmalarini, orzu-istaklarini, quvonch va qayg'ularini kuylagan, chin insoniy muhabbat, go'zallik va sadoqat, insonparvarlik va adolatparvarlikni ulug'lagan. G'oziy she'rlari XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlaridagi ijtimoiy hayotning haqqoniy manzarasini ko'rsatishga, adabiy hayotda mavjud bo'lgan turli yo'nalishlarning mohiyatini to'liqroq yoritishga xizmat qiladi. Ijtimoiy lirikasida esa o'sha davrda hukm surgan adolatsizlikdan, haqsizlikdan, baxtsiz toleidan shikoyat qiladi — “Bukuldi qomatim...”, “Devonamen...” shular jumlasidan. Didaktik mavzudagi asarlarida inson fazilatlarini yuqori tutish, hayotda kamtar bo'lish, inson qadrini yerga urmaslik, o'z qadr-qimmatini saqlash zarurligi ta'kidlangan.
Excerpt
— G'azaldanThis excerpt has been translated into more languages than the site itself
О солнце, не гордись сиянием своего утреннего лика: в единый миг настанет вечер — не ликуй раньше срока. Внемли моему совету, о сердце: не дружи с неверными, чтобы не изнывать и день ото дня не томиться в горе.
Ey quyosh, subhi uzoring birla mag'rur o'lmag'il, Bir nafasda shom o'lur, albatta masrur o'lmag'il. Tingla pandim, ey ko'ngul, bo'lma vafosizlarg'a yor, Bora-bora zoru, kundin-kunga ranjur o'lmag'il.
Works
- Devon
- Lirik g'azallar
- Ta'rix-she'rlar
- Fuzuliy g'azallariga muxammaslar