Kokand Literary HeritageCity of Literature — UNESCO nominee
← Back to catalogue
XX asr boshi

Ziyoxo'ja (Haziniy Xo'qandiy)

1867–1923G'azal, lirika

Biography

Qo'qon adabiy muhitida Ziyoxo'ja nomi bilan tanilgan eng mashhur vakilning asl ismi Ziyovuddinxon Kattaxo'ja o'g'li bo'lib, u atoqli shoir, tasavvuf namoyandasi va shayx Haziniy Xo'qandiydir. U xalq orasida “Haziniy to'ra” va “Eshonbuva” nomlari bilan ham e'zozlangan. 1867-yilda Qo'qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog'ida tug'ilgan. Boshlang'ich ilmni otasidan olib, so'ng Qo'qondagi Jome' madrasasida tahsil olgan; diniy va dunyoviy ilmlarni, tasavvuf ta'limotini chuqur egallagan. Qodiriya tariqati shayxi bo'lgan. Uning adabiy merosi 4000 misra atrofida bo'lib, g'azal, murabba, muxammas va musaddaslardan iborat. Asarlarida tasavvufiy ishq, insoniy poklik, saxovat va kamolot ulug'lanadi.

Excerpt

G'azaldan

This excerpt has been translated into more languages than the site itself

Translation

Какой счастливый час, какая счастливая пора — этой ночью придёт та, что похищает сердца; она озарит наш дом, этой ночью прольёт сияние и свет. Долгие годы я желал её и не обретал богатства встречи; и вот — какой поворот судьбы! — этой ночью желание исполнится. Хазиний, слава Богу: ты достиг свидания с возлюбленной; отдай же теперь душу свою — этой ночью настало время верности.

Original

Ne xush soat, ne xush davron, kelur ul dilrabo bu tun, Qilur koshonamiz ravshan, sochar nuru ziyo bu tun. Tamanno ayladim ko'p yil visoli davlatin topmay, Ne baxti kurgashtikim, bo'lur hojat ravo bu tun. Haziniy, shukri lillohkim, yetishding vasli jonona, Nisor et joningni endi, erur vaqti vafo bu tun.

Works

  • G'azallar
  • Murabbalar
  • Muxammaslar
  • Musaddaslar