Huvaydo (Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li)
Biography
Huvaydo (taxallusi; asl ismi Xo'janazar G'oyibnazar o'g'li; O'sh shahri — ? — 1780/81, Farg'ona viloyati Chimyon qishlog'i) — shoir, tasavvuf she'riyatining yirik vakili. Qo'qon madrasalarida o'qigan. Qishlog'ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug'ullangan. She'rlari vafotidan so'ng nabiralari tomonidan devon holiga keltirilgan; unga shoirning 351 g'azal, 28 ruboiy, 41 to'rtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik «Rohati dil» manzumasi kirgan. «Devoni Huvaydo»ning bir qancha qo'lyozma nusxalari va litografik nashrlari bo'lib, ulardan chevarasi Salohiddin Soqib (1838–1910) va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg'iloniylar ko'chirgan nusxa SamDU kutubxonasida saqlanadi (inv. №3903). Huvaydoning nabirasi Sirojiy, chevaralari Samarbonu (1837–1891), Salohiddin Soqib va G'aribiy ham devon tuzgan shoirlar bo'lib, uning an'analarini davom ettirganlar.
Excerpt
— Devoni Huvaydo'danThis excerpt has been translated into more languages than the site itself
О Боже, по милости Своей прости, о Господь, грехи всех верующих, о несравненный Владыка! В той пустыне кипит разум в голове, словно котёл, — не унижай меня, изнывающего от жажды, с языком, упавшим до колен. Взойдёт над головами палящее солнце вышиной в копьё, — в тот день над нами сотвори сень Своего милосердия.
Iloho, san karam birla kechurgil, ey Xudovando, Gunohi jumla mo'minni, ayo ma'budi behamto! O'shal sahroda qaynar mag'zi sar misli qazon yanglig', Tilim tizga tushurib tashna aylab qilmag'il rasvo. Kelur nayza bo'yi xurshidi tobon favqi sar uzra, O'shal kun boshimizga chodari rahmatni qil paydo.
Works
- Devoni Huvaydo
- Rohati dil