Kokand Literary HeritageCity of Literature — UNESCO nominee
← Back to catalogue
XX asr boshi

Naim Saidov

1902–1939Ma'rifatparvarlik

Biography

Naim Saidov (1902, Qo'qon — 1939-yil 6-fevral, Toshkent) — jurnalist va tarjimon. Qo'qondagi madrasada, «Yangi usul» va «Namuna» maktablarida ta'lim olgan. Moskvada ishchilar fakultetida (1923–1924), so'ngra davlat jurnalistika institutida (1925–1928) o'qigan. Toshkentga qaytgach, «Qizil O'zbekiston» gazetasida muharrir o'rinbosari (1928–1930), «Yangi Farg'ona» gazetasida mas'ul muharrir (Qo'qon, 1930–1931), so'ng O'zdavnashr bosh muharriri (1931–1933) bo'lib ishlagan. Tarjimonlik faoliyatida o'zbek tiliga ruscha so'z va atamalarni sun'iy kiritishga hamda tilning shu asosda ruslashishiga qarshi ona tili sofligi uchun kurashgan. Ayni paytda arab yozuvidan lotin yozuviga o'tish jarayonida xalq savodsiz qolmasligi uchun «Kattalar uchun alifbo», «Savodsizlar uchun alifbo», «Chala savodlilar uchun alifbo», «Ko'rlar uchun alifbo» (1929–1930), «Savodsizlar uchun o'qish kitobi» (1936) kabi o'quv qo'llanmalarini yaratgan. 20–30-yillar o'zbek matbuotida faol qatnashgan. U «Milliy ittihod» tashkilotiga a'zoligi va yoshlar orasida millatchilik kayfiyatini tarqatganlikda ayblanib, 1938-yil 30-yanvarda hibsga olingan va qamoqxonada vafot etgan.

Works

  • Kattalar uchun alifbo
  • Savodsizlar uchun alifbo
  • Ko'rlar uchun alifbo (1929–1930)
  • Savodsizlar uchun o'qish kitobi (1936)