Kokand Literary HeritageCity of Literature — UNESCO nominee
← Back to catalogue
XIX asr

Qoriy Xo'qandiy

1828–1906G'azal, lirika

Biography

Qoriy Xo'qandiy (taxallusi; asl ismi Mulla Mirmahmud Mirshamsiddin o'g'li; 1828, Qo'qon shahri Sarmozor dahasi — 1906) — shoir va xattot, XIX asr o'zbek adabiyotining iste'dodli namoyandalaridan. Qo'qondagi Norbo'tabiy madrasasida ta'lim olgan; arab va fors tillarini, sarf, nahv va lug'at ilmini chuqur o'zlashtirgan. Hasanqori domladan qiroat ilmini o'rganib, Qur'on hofizi — qorilik unvoniga erishgan va she'rlarida ham «Qoriy» taxallusini qo'llagan. Qo'qonning Xo'jand dahasi G'oziyog'liq mahallasidagi katta masjidda uzoq yillar imomlik qilgan. U mukammal husnixat egasi — xattot ham bo'lgan. Undan o'zi ko'chirgan «Devon», Majzub Namangoniyning «Devon»i, Bahouddin Naqshbandning risolasi, Muqimiy bilan hamkorlikda ko'chirgan katta bayozi va yana bir necha asar bizgacha yetib kelgan. Devonidan g'azal, muxammas, muvashshah va ta'rix janridagi she'rlar o'rin olgan. G'azallari oshiqona va orifona mazmunda, sof lirik xarakterga ega. Muxammaslari (65 ta) o'zbek va fors tillarida yaratilgan bo'lib, aksariyati Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Osafiy, Soib hamda turkiy adabiyot mumtozlaridan Alisher Navoiy, Fuzuliy, Amiriy, Mashrab, Uvaysiy, Azimiy g'azallariga bog'langan taxmislardir. Qoriy Xo'qandiy she'rlari Allohga hamdlar va, ayniqsa, payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga bag'ishlangan na'tlarning ko'pligi bilan ham ajralib turadi. Devoni O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida (inv. №2310) saqlanadi.

Excerpt

G'azal

This excerpt has been translated into more languages than the site itself

Translation

Чтобы озарить моё жилище, о возлюбленная, добро пожаловать; шербетом свидания с тобою напоила Ты меня допьяна — добро пожаловать. Испив до краёв наполненную чашу любви, словно Сулейман, что расспрашивал муравья, — добро пожаловать. Кори, собирающий цветы в саду любви, в памяти о друге исписал не одну тетрадь сладостными, как сахар, стихами, — добро пожаловать.

Original

Makonimni munavvar qilgali, ey yor, xush kelding, Visoling sharbatig'a aylading sarshor, xush kelding. Labolab to'lganichun no'sh etib jomi muhabbatni, So'ray, deb mo'r holini Sulaymonvor, xush kelding. Muhabbat bog'ini gulchini Qoriy do'st yodida, Necha daftar yozib ash'ori shakarbor, xush kelding.

Works

  • Devon
  • Muxammaslar (65 ta)