Kokand Literary HeritageCity of Literature — UNESCO nominee
← Back to catalogue
XIX asr

Xo'jakalon Rind (Rindiy)

XIX asrG'azal, lirika

Biography

Xo'jakalon Rind — she'riyatda Rindiy taxallusi bilan tanilgan, XIX asrda yashab ijod qilgan, Qo'qon adabiy muhitiga mansub mumtoz o'zbek shoirlaridan biri. U Amiriy, Ado, Fazliy, G'ulxaniy kabi mashhur ijodkorlar bilan bir davrda yashab, Qo'qon adabiy muhitining namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. Rindiyning hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar juda kam saqlangan, shu sababli uning tug'ilgan va vafot etgan yillari aniq ma'lum emas. Biroq tazkiralar hamda adabiyotshunoslik manbalarida uning Qo'qon xonligi davrida yashab ijod qilgani qayd etilgan. Shoir o'z g'azallarida ishq-muhabbat, vafo, insonparvarlik, hayotning o'tkinchiligi, axloqiy fazilatlar hamda tasavvufiy g'oyalarni yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etgan. Uning she'rlari mumtoz o'zbek adabiyoti an'analari asosida yaratilgan bo'lib, tilining ravonligi, badiiy san'atlarga boyligi va mazmunining teranligi bilan ajralib turadi. Rindiy nomi Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” tazkirasida Qo'qon adabiy muhiti shoirlari qatorida tilga olingan — bu esa uning o'z davrida tanilgan va e'tirof etilgan ijodkorlardan biri bo'lganini ko'rsatadi.

Excerpt

G'azaldan

This excerpt has been translated into more languages than the site itself

Translation

В смысле шахского слова рассыпал он катящийся жемчуг, и придали ему природу тонко зрящие мастера слова. Увидел я локон возлюбленной — и сердце моё обезумело от страсти; и стали эти две строки безумцами пред сотнею пери.

Original

Shoh kalomi ma'nida sochdi durri g'altonlar, Anga tabiat etdi xurdabin suhandonlar. Yor zulfini ko'rdim, ko'nglim o'ldi savdoyi, Bo'ldi bu ikki misra yuz pariga devonlar.

Works

  • G'azallar
  • Bayozlarda saqlangan she'rlar