Zoriy (Usmonxo'ja)
Biography
Zoriy (XIX–XX asr) — taxallusi; shoirning asl ismi Usmonxo'ja bo'lib, Qo'qon shahrida tug'ilgan. Uning tarjimai holiga oid to'liq ma'lumot saqlanmagan. Zoriy XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshidagi o'zbek adabiyotining demokratik yo'nalishiga yaqin turgan shoirlardan biridir. Bu yo'nalishning yirik vakillari Muqimiy va Zavqiy bilan yaqin do'stlashib, ularning ta'sirida bo'lgan: go'zal lirik g'azal va muxammaslar bilan bir qatorda, bir qancha satirik ruhdagi asarlar ham yaratgan. Zoriy asarlari hozircha to'liq to'planmagan. 1956-yili «Sharq yulduzi» jurnalining 10-sonida shoir Sobir Abdulla Zoriy hayotiga oid ba'zi ma'lumotlarni, shuningdek uning bir necha g'azal va muxammasini e'lon qilgan.
Excerpt
— G'azalThis excerpt has been translated into more languages than the site itself
О ветерок, ступай отсюда к моей возлюбленной и скажи: «О любимая, на пути твоём — пленённый тобою, и есть у него к тебе мольба». Скажи: «Днём и ночью глотая горечь разлуки, нет у него терпенья, сердце его изодрано в клочья, а грудь изранена».
Sabo, mundin borib mahbubima, ey yor, deb ayting, Yo'lingda mubtalou senga arzi bor, deb ayting. Yutub hijron g'amini kecha-kunduz, anda toqat yo'q, Yuragi chok-choku siynasi afgor, deb ayting.