Qo'qon adabiy merosiAdabiyot shahri — YuNESKO nomzodi
← Katalogga qaytish
XX asr boshi

Anbar Otin (Farmonqul qizi)

1870–1915G'azal, lirika

Tarjimai hol

Anbar Otin Farmonqul qizi (1870, Qo'qon — 1915) — o'zbek shoirasi. Otasi Uvaysiyning jiyani, onasi Ashurbibi oddiy kosib qizi bo'lgan. Anbar Otin Dilshod otin maktabida ta'lim olgan. U XIX asrning yetuk shoiralaridan biri bo'lib, o'zbekcha she'rlaridan (48 ta) devon tuzgan; unga 41 g'azal, 4 muhammas, 1 qit'a, 1 masnaviy va 1 mustazod kirgan (1905). 1970-yillar boshida shoiraning 40 ga yaqin she'ridan iborat yana bir qo'lyozma devoni, «Qarolar falsafasi» risolasi hamda 160 misralik yakka baytlari topilgan. Uning tojikcha g'azallaridan devon tuzish niyati bo'lgan, biroq bu devonning taqdiri hozircha noma'lum.

Asardan parcha

G'azal

Ushbu parcha saytdagidan ko'proq tillarga tarjima qilingan

Tarjima

Возвысишься ты, если есть в тебе воспитанность, Возвысишься ты, если воспитанность — твой спутник. Если ты человек — не украшай внешность напоказ, А родную землю свою всегда собой укрáшай.

Asl nusxa

Ulg'ayursan, senda bor bo'lsa adab, Ulg'ayursan, senga yor bo'lsa adab. Odam ersang, tashqi suratga berma zeb, Ona yurtingni hamisha ayla zeb.

Asarlari

  • Devon (1905)
  • Qarolar falsafasi